ERIX MARIYA REMARK VA OʻTKIR HOSHIMOV ROMANLARIDA BADIIY PSIXOLOGIZM
Authors: Kasimov Abdugapir Abdikarimovich, Kholmatov Oybek Umarjon ugli
Published: May 24, 2025 • Vol. 11 Issue 6 • Views: 26
Maqolada nemis va oʻzbek harbiy prozasida badiiy psixologizmning oʻrni masalasi Erix Mariya Remark va Oʻtkir Hoshimov romanlari misolida tadqiq etilgan. Tahlil obyekti sifatida “Uch ogʻayni” va “Tushda kechgan umrlar” romanlari olingan. Har ikki yozuvchi mazkur asarlarida urush ishtirokchilarining psixologik holatini qahramon va muhit konflikti, davr va qahramon muammosi fonida aks ettirgan. Bosh qahramonning urushga munosabati orqali mualliflar patsifizm gʻoyasini ifodalanganligi ochib berilgan. Bugungi adabiyotshunoslikda badiiy asarlarni, xususan, romanlarni tahlil qilishda qahramon ruhiyati tasviri, personajlarning ichki nutqi kabi elementlarga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Shu bois urush mavzusidagi romanlar gʻoyasi, ularda ifodalangan muallif munosabatini belgilashda psixologizmning oʻrnini aniqlash dolzarb ilmiy masalalardan biriga aylanib bormoqda. Mazkur maqolada shu muammo oʻrganilib, mavzuga doir ilmiy manbalarga murojaat qilingan. Shuningdek, tahlillar jarayonida asarlarning badiiy matnidan misollar keltirilib, fikrlar ilmiy asosda dalillangan. Maqola yakunida tahlillar orqali olingan natijalar xulosalangan.