SOMERSET MOEMNING OBRAZLAR YARATISHDAGI GʻOYAVIYBADIIY MAHORATI
Authors: Bekzod Kuliboyev Orzuboy ugli
Published: Mart 24, 2025 • Vol. 13 Issue 5 • Views: 16
Ushbu maqolada U.S. Moemning yorqin, koʻp qirrali qahramonlarni yaratishdagi badiiy mahorati tadqiq etiladi. Moemning qahramonlarni tasvirlash usuli psixologik teranlik, hayotiylik va xilmaxillik bilan ajralib turadi. Bu xususiyatlar oʻzaro uygʻunlashib, inson ichki dunyosining ishonchli tadqiqini yaratishga xizmat qiladi. Tadqiqotda Moemning psixologik teranligini tahlil qilishdan boshlanadi. Bu teranligi tufayli u ongida turli sabablarning murakkab kurashi va chuqur ichki ziddiyatlarni aks ettiruvchi qahramonlarni yaratadi. “Inson ehtiroslari yuki” va “Naqshli parda” kabi yirik asarlar tahlili misolida maqolada Moem qahramonlari shunchaki voqealar ishtirokchisi emas, balki ichki izlanishlari oʻquvchilarda aks-sado uygʻotuvchi murakkab shaxslar ekanligi asoslanadi. Maqolada Moem asarlaridagi qahramonlar rang-barangligi ham koʻrib chiqiladi. Ularning turli ijtimoiy kelib chiqishi va oʻziga xos hayotiy tajribasi ingliz yozuvchisi nasrining mavzuiy boyligini vujudga keltiradi.