INGLIZ VA OʻZBEK TILLARIDA GEOLOGIYA SOHASIGA OID TERMINLARINING IZOMORFIK XUSUSIYATLARINI QIYOSIY TAHLILI
Authors: Rikhsieva Lola Azimjanovna
Published: Mart 24, 2025 • Vol. 13 Issue 5 • Views: 24
Ushbu maqolada ingliz va oʻzbek tillarining geologiya sohasida qoʻllaniladigan termin va terminalogik birikmalari tanlangan boʻlib, mazkur tillarda geologiya terminlarining izomorfik xususiyatlarini keng koʻlamli tizim asosida tadqiq qilinadi. Terminlarning ikki tilda tadqiq qilishda koʻpgina oʻzbek va rus tilshunoslar tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilganiga qaramay, shu kungacha terminlarni keng koʻlamli tizimda tadqiq etilmagani tufayli terminlarning ikki tilda oʻxshash va farqlanadigan tomonlari yetarli darajada ochib berilmagan. Ikki tilda bir sohaga oid terminlarni strukturaviy-funksional xususiyatlarini tadqiq qilish uchun aynan shunday nomlanadigan, strukturaviy-funksional usul orqali amalga oshiriladi va uning asosiy talablari koʻpincha tizimli yondashuvning bir turi sifatida qaralar ekan, tipologik qiyosiy tadqiq uchun tillarning keng koʻlamli umumlashtiruvchi tizimda mavjud boʻlgan turli jihatlarning oʻxshashligi yoki oʻxshamasligini aniqlash juda muhimdir. Shu asosda, mazkur ilmiy maqolada xorijiy tarjibaga tayangan holda, xorijlik tilshunos olim Krizistof Ozganing tillardagi oʻxshash va farqlovchi xususiyatlarni oʻrganishda asosiy tendensiyalarni qamrab olgan keng koʻlamdagi tizimni sinflarga ajratgan holda geologiyaga oid terminlar oʻrganildi. Ushbu tizimda asosan terminlarni asosan izomorfik xussusiyatlari tadqiq qilishga qaratilgan boʻlib, natijada ingliz va oʻzbek tillarida geologiya terminlarining tizimli tahlil qilish orqali terminlarining derivatsion shakllari izomorfik xususiyatlarga ega ekanligi namoyon etildi.