O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI
“KOMPARATIVISTIKA” ILMIY-ELEKTRON JURNALI
1-TOM 4-SONI
“COMPARATIVE STUDIES” SCIENTIFIC E – JOURNAL
VOLUME 1 ISSUE 4
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
tomonidan 2024-yil 18-aprelda 25833-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.
Ushbu sondagi maqolalar
UILYAM GIBSONNING “KIBERMAKON” TRILOGIYASIDA ANTIUTOPIYA VA TRANSGUMANIZM ELEMENTLARI1
Uilyam Gibsonning “Kibermakon” trilogiyasi, jumladan, “Neyromant”, “Graf Nol” va “Mona Liza Overdrayv” romanlari kiberpank adabiyotidagi asosiy asarlardan biri hisoblanadi. Ushbu asarlar transgumanizm va antiutopiya muhim rol o‘ynaydigan qorong’u va yuqori texnologiyali kelajak dunyosini tasvirlaydi. Ushbu maqolaning maqsadi Uilyam Gibsonning “Kibermakon” trilogiyasidagi antiutopik va transgumanistik elementlarni tahlil qilishdir. Tadqiqotda Gibson ilg‘or texnologiyalar va sun’iy intellektni trilogiyaning asosiy ramzi sifatida qanday ishlatgani va shu orqali texnologik taraqqiyot ta’sirida ijtimoiy va madaniy tuzilmalar yemiriladigan qorong‘u kelajakni qanday yaratgani o‘rganiladi. Tadqiqot metodologiyasi romanlar matnini adabiy va madaniy tahlil usullaridan foydalangan holda o‘rganishga asoslangan. Tadqiqotda romanlardagi asosiy antiutopik elementlar va transgumanistik motivlar yoritib beriladi. Tadqiqot natijalari Gibson texnologiya an’anaviy ijtimoiy tuzilmalarni qanday buzib, axloqiy dilemmlar bilan to‘la yangi dunyo yaratganini mahorat bilan tasvirlaganini ko‘rsatadi. Muhokamada insoniy identifikatsiya, texnologiyaning ijtimoiy tengsizliklarni shakllantirishdagi roli va kelajak jamiyatiga bo‘lgan mumkin bo‘lgan oqibatlari kabi masalalar ko‘rib chiqiladi.
NORA GOMRINGER SHEʼRIYATIDA BADIIY TASVIR VA USLUB MASALALARI
Hozirgi zamon jahon adabiyotshunosligida nazm ilmi va uning ustida tajribalar, ritm va shakllar nazariyasiga oid bilim va qarashlar kundan-kunga yangilanib bormoqda. Bugungi globallashuv jarayonida muayyan zamon va makon adabiyoti va madaniyatini alohida bir ijodkorlar asarlari misolida oʻrganish ular ijodida namoyon boʻlayotgan obrazlar, janrlar va shakllar borasidagi oʻziga xoslik, individual usul va mohirona ijod, badiiy tasvir kabi sheʼriyatning ilmiy va nazariy jihatlarini oʻrganishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Maqola zamonaviy nemis-shveysariyalik shoira Nora Gomringer, uning gʻayrioddiy ijro sanʼati va ovozli sheʼriyat elementlarini oʻzida mujassam etgan oʻziga xos uslubi va eksperimental tabiatining sheʼriyatda aks etilishiga bagʻishlangan. U oʻz ijodida anʼanaviy sheʼriyat elementlarini zamonaviy sanʼat turlarini mahorat bilan uygʻunlashtiradi. Gomringer tilining nozikligi, oʻziga xos zehn va idrok sehrining ijodida yorqin va serjilo bayoni va kitobxonni soʻz bilan faol shugʻullanishga chorlaydigan noyob asarlarining badiiy oʻziga xosligi tahlilga tortilgan. Maqolaning maqsadi Nora Gomringer ijodining yorqin tasvir va ritmni mohirona qoʻllashi bilan ajralib turishi, bu uni zamonaviy nemis tilidagi adabiyotning eng koʻzga koʻringan ohanrabo ifodasi va mohiyatini oʻrganishdan iborat.
NEMIS YOZUVCHISI HERTA MYUELLER ASARLARIDA BADIIY DETALLAR POETIKASI
Mazkur maqolada Nobel mukofoti sovrindori nemis yozuvchisi Herta Myeller asarlaridagi badiiy detallar poetikasi tahlilga tortiladi. Badiiy asar qahramonlarining tashqi qiyofasidan tortib, ichki kechinmalari, oʻy-hayollarigacha chizib beradigan hamda asarning mazmun-mohiyatini ochib beradigan asosiy komponent bu badiiy detaldir. Badiiy detal vositasida muallif butun borliqni, shamolni, yomgʻirni, jilgʻani hatto yaproqni soʻzlata oladi. Muyeller asarlarini kuzatar ekanmiz unda boshdan-oxir dardli kechinmalarning guvohi boʻlamiz. Oʻzbek adibi Oʻtkir Hoshimov har bir asar dardning mahsuli boʻlishini aytib, muallif mana shu dardni asarda aks ettirish uchun badiiy detallardan mahorat bilan foydalanishi lozimligini taʼkidlaydi. Maʼlumki, har qanday badiiy asarda muallif tomonidan turli detallar turli maqsadlarda ishlatiladi va ular asar badiiyligini oshirishga xizmat qiladi. Myeller asarlarida badiiy detallar tasvirga jiddiy eʼtibor qaratilgan va narsa, holat detallari vositasida qahramonlarining ichki tuygʻulari va ruhiyatini ishonarli tasvirlangan.
AMY TAN ROMANLARIDAGI TRANSLIGUNASTIZM VA TRANSKULTURALIZM NUQTAYI NAZARIDAN TIL XUSUSIYATLARI
Maqolada Emy Tan asarlarida til va badiiy ifodalash xususiyatlarini translingvistika va transkulturalizm nuqtayi nazaridan oʻrganiladi. Ikkinchi avlod xitoy-amerikalik yozuvchi sifatida, Tan ijodida asosan xitoy-amerikalik ayollarning hayotiy tajribalariga eʼtibor qaratiladi. Unda til boyliklarini va xilmaxilligini taʼminlash uchun xitoy soʻzlari, tili va madaniyati unsurlariga toʻxtalinadi. Ushbu tilshunoslik yondashuvlari asardagi badiiy ayol qahramonlarning xususiyatlarini rang-barang, aniq, lirik va hazinona uslubda ifodalaydi. Tadqiqotda til va madaniyat oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik taʼkidlanadi, unda til faqat madaniy elementlarnigina emas, balki millat xarakterini ham shakllantirishi va aks ettirishi tahlil etiladi. Bu alohida ravishda xitoy-amerikalik adabiyoti kontekstida, undagi til masalalari xitoy-amerikalikning madaniy mansubliklari va identifikatsiya qurilishini aks ettirish uchun muhim rol oʻynaydi. Emy Tan tomonidan qoʻllangan oʻziga xos adabiy strategiyalarni ochib berish maqsadini koʻzlaydi, bu esa uning xitoy-amerikalik shaxsiyati va tajribasining murakkabliklarini badiiy mahorat bilan taqdim etishini koʻrsatadi.
SHARQ JOZIBASI: NEMIS ADABIYOTIDA SHARQONALIK
Orientalism madaniy va adabiy hodisa sifatida Gʻarb adabiyotiga, shu jumladan XIX va XX asrdagi nemis adabiyotiga sezilarli taʼsir koʻrsatdi. Gʻarb tasavvurlari va stereotiplari orqali shakllangan Sharqni anglash koʻplab nemis mualliflarining ijodida aks etadi. Sharq motivlari va tasvirlari ekzotik fonlarni yaratish, falsafiy va maʼnaviy gʻoyalarni ifoda etish, shuningdek, Gʻarb madaniyatini tanqid qilish va qayta koʻrib chiqish uchun ishlatiladi. Tadqiqotning asosiy nazariy jihatlaridan biri Edvard Saidning “Orientalizm” asaridir, bu esa Gʻarb adabiyotida oriental motivlardan foydalanish tahlilini oʻtkazish uchun tanqidiy qolipni taqdim etadi. Saidning taʼkidlashicha, sharqshunoslik madaniy ustunlik vositasi boʻlib, Sharq haqidagi stereotiplar va notoʻgʻri tasavvurlarni shakllantiradi. Ushbu tadqiqot, shuningdek, madaniyatlar almashinuvi va oʻzaro taʼsirga eʼtibor qaratadigan orientallikni oʻrganishning zamonaviy yondashuvlarini koʻrib chiqishga intiladi. Ushbu tadqiqot sharqona motivlarning nemis adabiyotiga kirib kelishiga hissa qoʻshgan madaniy va tarixiy omillarni aniqlash va ularning adabiy va madaniy diskursni shakllantirishdagi rolini tushunishga qaratilgan. Shunday qilib, ushbu tadqiqot nafaqat Sharq va Gʻarbning adabiy va madaniy aloqasining muhim jihatlarini yoritadi, balki bu madaniyatlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni chuqurroq tushunishga yordam beradi.
AYZEK AZIMOV VA HOJIAKBAR SHAYXOVNING HIKOYA YOZISHDAGI UNIVERSAL VA XUSUSIY JIHATLARI
Ushbu maqola Ayzek Azimov va Hojiakbar Shayxovning hikoyachilik mahorati tahliliga bagʻishlangan. Maqolada ikki yozuvchining ijodiy uslublari oʻrtasidagi oʻxshash va farqli jihatlar qiyosiy tahlil qilinadi. Ayzek Azimov amerika adabiyotining ilmiyfantastika janrining yorqin vakili boʻlsa, Hojiakbar Shayxov Ozod Sharaffidinov taʼbiri bilan aytilganidek oʻzbek adabiyotida ilmiy fantastika janrining qaldirgʻochi hisoblanadi. Ayzek Azimov amerika adabiy doirasida ilmiy fantastikani jadal rivojlanishi, uning yuqori choʻqqiga chiqishiga sababchi boʻlgan boʻlsa, Hojiakbar Shayxov ushbu janrning oʻzbek adabiyotida paydo boʻlishiga, shu bilan birgalikda rivojlanishiga ulkan hissa qoʻshgan yozuvchidir. Maqolada A. Azimov va H.Shayxov ijodining mavzuviy oʻxshash jihatlari, insoniyat, texnologiya va kelajak kabi mavzularini yoritish mahorati, shuningdek, ularning xususiy jihatlari qiyosiy oʻrganildi. Tadqiqot metodlari sifatida qiyosiy tahlil, kontekstual tahlil va adabiy matnlarni tahlil qilish usullari qoʻllanildi. Maqolaning maqsadi ikki yozuvchi, Ayzek Azimov va Hojiakbar Shayxovlarning ijodi oʻrtasida nafaqat umumiyliklar, balki oʻziga xosliklarni hikoyalar tahlili yordamida aniqlashga qaratilgan.
OʻZBEK VA FRANSUZ BADIIY ASARLARIDA TASVIRLANGAN OILA FENOMENINING BADIIY TALQINI
There are many works in Uzbek and French literature that express an opinion about the family. In these works, the purpose of showing which side of the family is highlighted in the novels in which the theme of the family is expressed in Uzbek and French fiction, giving a brief interpretation to them, introducing the readers through them and contributing to the work of raising healthy family members, is expressed the goal of effectively influencing the direction of family development. we planned to perform the following tasks: 1. Before comparing the works of Pirimkul Kadirov and Roger Martin du Gard, we will study Uzbek and French novels with family themes as factual material; to show the important scientific works on the topic of the family and to recommend them to the attention of those interested in the topic of the family. Research methods of literary studies are diverse. We used realism, comparative-literary method, biographical method, artistic method, typological method. There are various interpretations of the method of realism. Among them, Ulugbek Hamdam's comment sheds light on the general nature of the works we are studying.
SHARQ LATIFALARINING GENEZISI VA TADRIJIY TAKOMILI
Ushbu maqolada jahon xalqlarida yumoristik va komik mazmundagi asarlarining paydo boʻlishi va jahon tillariga tarqalishi haqida soʻz yuritiladi. Sharq latifalari Yevropada ilk Oʻrtа asrlardayoq maʼlum boʻlib, turli tantana – marosimlarda ijro etilgan. Bunday asarlar avvaliga ayrim kishilarning shaxsiy ijodi namunasi sifatida eʼtirof etilgan boʻlsa, keyinchalik ular yozma adabiyotga kiritildi. Xorijiy tillarni egallashga boʻlgan intilishlarning kengayishi xalqlarning yanada yaqinlashuvi hamda maʼnaviymaʼrifiy mazmundagi asarlarning oʻzaro ayirboshlash imkoniyatlari tezlashtirdi. Sharq latifalarining oʻtkir syujeti, sodda tuzilishi, chuqur falsafiy-maʼrifiy ahamiyati, badiiy tarovati ularning oʻzga xalqlar tomonidan tez oʻzlashtirilishiga sabab boʻldi. Latifalar, avvalo fransuz qirollari uchun tayyorlangan. Dastlabki yozma yumoristik asarlar tarjimasi XVII asrning soʻnggi choragiga toʻgʻri keladi. Arab xalq ogʻzaki ijodining yorqin namunasi boʻlgan “Ming bir kecha” ertaklaridan keyin fransuz tiliga bir necha latifalar toʻplamlari ham oʻtkazildi. Olmon va fransuz tadqiqotchilari yaratgan latifalar toʻplamlari ikki qismdan iborat boʻlib, birinchi qismga Si Joʻxa ismli arab, ikkinchi qismga esa Xoja Nasriddin ismli turk latifa qahramonlari ishtirokidagi moʻjaz hikoyatlar jamlangan.
OYBEKNING “NAVOIY” ROMANI VA L. G. BATNING “HAYOT BOGʻI” HIKOYASIDA ALISHER NAVOIY SHAXSINING BADIIY TAHLILI
Xalqaro ijtimoiy, madaniy va adabiy aloqalar rivojlanayotgan zamonaviy jahon adabiyotshunosligida milliy madaniy merosga qiziqish ortmoqda. Qiyosiy adabiyotshunoslikning yuksalishi, global jarayonlarni o‘rganish va tushunishga keng imkoniyatlar yaratmoqda. Alisher Navoiy va uning ijodiy merosini o‘rganish, milliy tadqiqotlardan xalqaro miqyosga ko‘tarilgan dolzarb mavzudir. Navoiy shaxsini o‘rganishda Oybekning “Navoiy” romani va L. G. Batning “Hayot bog‘i” qissasi alohida ahamiyatga ega. Tadqiqotda Oybekning “Navoiy” romani va L. G. Batning “Umr bog‘i” hikoyasidagi Navoiy shaxsini qiyosiy tahlil qilish, rus va o‘zbek madaniyatining o‘zaro ta’sirini ochish maqsad qilingan. Alisher Navoiy ijodining jahon hamjamiyatiga ta’siri, uning o‘zbek xalqining ma’naviy qadriyatlari bilan rus xalqini tanishtirishda muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotda Oybek va Batning dunyoqarashining sharqona ko‘rinishlari, shuningdek, Alisher Navoiy shaxsiyatining O‘rta asr Sharqidagi roli ham tahlil qilinadi.
HIND DINIY-FALSAFIY QARASHLAR TIZIMIDA TENGLIK G‘OYASI: QIYOSIY TAHLIL
Maqolada hind diniy falsafiy qarashlari tizimidagi kastachilik tizimi asosida jamiyatda shakllangan tengsizlik va uning jamiyat a’zolariga salbiy ta’siri masalasiga munosabat bildiriladi. Ushbu tengsizlikka qarshi tenglik g‘oyalarini ishlab chiqqan, uni targ‘ib qilgan yoga, buddaviylik, jaynlar, siddx va natxlar hamda bhakti va sikxlar ta’limoti, ularning mazmun mohiyatidagi umumiylik va farqlanish masalalari haqida mulohazalar bildiriladi.
ABDULLA QODIRIYNING “OʻTKAN KUNLAR” ROMANI RUSCHA VA NEMISCHA TARJIMALARIDA XRONOTOPLARNI AKS ETTIRISH MASALASI
Adabiyotshunoslikda makon tushunchasi turlicha talqin etilgan. Badiiy asarda makonni ifodalovchi leksik vositalar alohida ahamiyatga ega. Romanlarda makon va zamon voqealar va obrazlar munosabatini tushunishga yordam beradi. Badiiy makon syujet voqealarini aks ettirishdan tashqari, qahramonlarni axloqiy baholash uchun ham xizmat qiladi. Yozuvchining uslubida makon va zamon tushunchalari dunyoqarashni ifodalaydi. Ushbu maqolada “Oʻtkan kunlar” romanining ruscha va nemischa tarjimalaridagi xronotoplar tasviri o‘rganiladi. Xronotoplar tarjimasi ikki turga bo‘linadi: real, ijtimoiy, psixologik xronotoplar tarjimasi oson bo‘lgan, tarixiy, milliy xronotoplar esa tarjimon uchun muammo tug‘dirgan. Bu xronotoplar, tarjimonning til, tarix va adabiyot bilimiga bog‘liq. Tarjimalarda ba'zi leksik va uslubiy xatolar mavjud, lekin A.Shpext bu muammolarni rus hamkasblariga qaraganda yaxshiroq hal qilgan
OLIY TA’LIM TIZIMIDA TALABA YOSHLAR ORASIDA SOG‘LOM TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH SHAKLLARI VA USULLARINING QIYOSIY TAHLILI
Jahon ta'lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlarida talabalarning sog'lom tafakkurini rivojlantirish, intellektual imkoniyatlarini adekvat baholay olishga xizmat qiluvchi psixoprofilaktik va psixokorreksion ishlarni amalga oshirish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ilmiy salohiyati yuqori darajada rivojlangan mamlakat barcha sohalarda doimo ilg'or bo'ladi. Hozirgi kunda zamonaviy ta'lim sohasidagi huquqiy me'yoriy hujjatlarda talabalarni kreativ, tanqidiy fikrlaydigan qilib tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ilm-fan va texnologiyalarning tez sur'atlar bilan rivojlanishi sharoitida uzluksiz ta'limning barcha bosqichlarida samaradorlikni ta'minlashda ta'lim oluvchilarning tafakkur, qobiliyatlarining rivojlanganlik darajalariga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Maqolada talabalarda sog'lom tafakkurni shakllantirishning samarali shakl va metodlari masalasi, sog'lom tafakkurni shakllantirish jarayonining ijtimoiy fanlar bloki tarkibidagi va auditoridan tashqaridagi ta'lim jarayoni, auditoriya ichida va uning tashqarisida qanday tashkil qilish zarurligi hamda qanday metodlardan foydalanish darkorligi masalasi ko'rib chiqilgan.
“KOʻZ” KOMPONENTLI SOʻZ BIRIKMALARINING LINGOPOETIK MASALALARI
Maqolada "koʻz" komponentli soʻz birikmalarining turlari va ularning muloqotdagi qoʻllanilishi oʻrganilgan. "Koʻz" soʻzi insonning koʻrish hissi bilan bogʻliq boʻlib, bu turdagi birikmalar uch guruhga ajratilgan. Berilgan misollar morfologik, oʻzaro oʻrin almashuvi va semantik jihatdan tahlil qilingan. "Koʻz" komponentli soʻz birikmalarining semantik tahlili oʻz ichiga 8 ta kichik guruhni olgan boʻlib, misollar yordamida maʼnolar izohlanilgan. "Koʻz" soʻzi "soʻz" (til birligi) va "leksema" (shakl va mazmun jihatdan bir butun holda tekshiriladigan mustaqil maʼnoli lugʻaviy birlik sifatida) sifatida muloqotda qoʻllanilishi haqida fikrmulohazalar bildiriladi. Lekin bu leksema bilan juda toʻplangan yasama soʻzlar, qoʻshma soʻzlar, soʻz birikmalari, iboralar, frazeologik birliklar, aforizmlar, hikmatli soʻzlar va maqollar yaratilganki, ular tilshunoslikda hanuzgacha tavsif, tasnif va tahlil nuqtayi nazaridan yetarli darajada tadqiq qilinmagan. Maqolada "koʻz" komponentli soʻz birikmalari haqida fikrmulohazalar bildiriladi. Maqola "koʻz" sifatlari bilan bogʻliq soʻz birikmalari, birikmalardagi koʻz funksiyalariga ishoralar, birikmalarda koʻz funksiyasining bajarilishida hissiy omillar, shuningdek, soʻz birikmalarining morfologik tahliliga ham toʻxtalingan.
OLIY TA’LIM TIZIMIDA TALABA YOSHLAR ORASIDA SOG‘LOM TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISH SHAKLLARI VA USULLARINING QIYOSIY TAHLILI
Jahon ta'lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlarida talabalarning sog'lom tafakkurini rivojlantirish, intellektual imkoniyatlarini adekvat baholay olishga xizmat qiluvchi psixoprofilaktik va psixokorreksion ishlarni amalga oshirish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ilmiy salohiyati yuqori darajada rivojlangan mamlakat barcha sohalarda doimo ilg'or bo'ladi. Hozirgi kunda zamonaviy ta'lim sohasidagi huquqiy me'yoriy hujjatlarda talabalarni kreativ, tanqidiy fikrlaydigan qilib tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ilm-fan va texnologiyalarning tez sur'atlar bilan rivojlanishi sharoitida uzluksiz ta'limning barcha bosqichlarida samaradorlikni ta'minlashda ta'lim oluvchilarning tafakkur, qobiliyatlarining rivojlanganlik darajalariga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Maqolada talabalarda sog'lom tafakkurni shakllantirishning samarali shakl va metodlari masalasi, sog'lom tafakkurni shakllantirish jarayonining ijtimoiy fanlar bloki tarkibidagi va auditoridan tashqaridagi ta'lim jarayoni, auditoriya ichida va uning tashqarisida qanday tashkil qilish zarurligi hamda qanday metodlardan foydalanish darkorligi masalasi ko'rib chiqilgan.
“KOʻZ” KOMPONENTLI SOʻZ BIRIKMALARINING LINGOPOETIK MASALALARI
Maqolada "koʻz" komponentli soʻz birikmalarining turlari va ularning muloqotdagi qoʻllanilishi oʻrganilgan. "Koʻz" soʻzi insonning koʻrish hissi bilan bogʻliq boʻlib, bu turdagi birikmalar uch guruhga ajratilgan. Berilgan misollar morfologik, oʻzaro oʻrin almashuvi va semantik jihatdan tahlil qilingan. "Koʻz" komponentli soʻz birikmalarining semantik tahlili oʻz ichiga 8 ta kichik guruhni olgan boʻlib, misollar yordamida maʼnolar izohlanilgan. "Koʻz" soʻzi "soʻz" (til birligi) va "leksema" (shakl va mazmun jihatdan bir butun holda tekshiriladigan mustaqil maʼnoli lugʻaviy birlik sifatida) sifatida muloqotda qoʻllanilishi haqida fikrmulohazalar bildiriladi. Lekin bu leksema bilan juda toʻplangan yasama soʻzlar, qoʻshma soʻzlar, soʻz birikmalari, iboralar, frazeologik birliklar, aforizmlar, hikmatli soʻzlar va maqollar yaratilganki, ular tilshunoslikda hanuzgacha tavsif, tasnif va tahlil nuqtayi nazaridan yetarli darajada tadqiq qilinmagan. Maqolada "koʻz" komponentli soʻz birikmalari haqida fikrmulohazalar bildiriladi. Maqola "koʻz" sifatlari bilan bogʻliq soʻz birikmalari, birikmalardagi koʻz funksiyalariga ishoralar, birikmalarda koʻz funksiyasining bajarilishida hissiy omillar, shuningdek, soʻz birikmalarining morfologik tahliliga ham toʻxtalingan.
IJTIMOIYLIKNI IFODALOVCHI GENDER LEKSIKASI TARJIMASIDA MUQOBILLIKKA ERISHISH MASALALARI
Insonlar nutqini ifoda etuvchi leksik birliklar turli guruhlarga bo'linadi, jumladan gender leksik birliklari. Bu birliklar ayol va erkaklar bilan bog'liq turli sohalarda uchraydi, masalan, kiyimkechaklar, uy-roʻzgʻor asboblari, oziq-ovqat nomlari va mehnat qurollari. Maqolada gender leksik birliklarining badiiy asar tarjimasidagi muvofiqlikni ta'minlashda transformatsion usullarni qoʻllash tahlil qilingan. Tarjima muvofiqligi – asliyatda berilgan ma'lumotni leksik, leksik-grammatik va leksik-semantik usullardan foydalangan holda yangi asar shaklida taqdim etishdir. Tarjimon gender leksik birliklarini toʻliq anglab, mos muqobil shaklni tanlashi kerak. Erkak va ayollarning turmush tarzi, ularni oʻrab turgan ijtimoiylik va gendrologik tafovutlar badiiy asar tasviriga ta'sir qiladi. Maqolada bu leksik birliklar kiyimlar, tana aʼzolari, uyroʻzgʻor buyumlari, mehnat qurollari, pardoz-andoz buyumlari va aksessuarlar kabi guruhlarga ajratilib, tarjimadagi talqinlar tahlil qilingan.
ISLOMIY ATAMALAR BILAN IFODALANGAN OʻLCHOV BIRLIKLARINING INGLIZCHA TARJIMALARDA AKS ETISHI
"O'tkan kunlar" romani milliy til birliklari bilan birga diniy til birliklarini ham o'z ichiga oladi. Ko'plab joylarda diniy atamalar bilan vaqt o'lchov birliklari leksemalari hosil qilingan. Masalan, "fotihаdаn soʻng", "аsr nаmozining vаqti", "xuftаn nаmozidаn soʻng", "Ollohu аkbаr"ning soʻngi tаkroridа", "shom bilаn аsr orаlаridа", "kun аsrdаn ogʻib shomgа yаqin" kabi iboralar musulmon o'quvchi uchun tushunarli bo'lsa-da, boshqa din vakillari uchun izoh talab qilishi mumkin. Abdullа Qodiriyning asarida islomiy atamalar bilan keluvchi o'lchov birliklari leksemalari ko'p uchraydi. Bu leksemalar musulmon dunyosi kishilari uchun aniq bir vaqtni ifodalashda xizmat qiladi. "O'tkan kunlar" romanining ingliz tiliga qilingan tarjimalarini qiyosiy o'rganish, tipologik jihatdan tahlil qilish ushbu masala bo'yicha chuqurroq tushuncha berishi mumkin. Tadqiqotimizda roman va uning ingliz tiliga qilingan tarjimalaridan ayrim o'rinlarni tahlil qilishga harakat qilamiz.
CHET TILLARNI O‘QITISH VA TARJIMA AMALIYOTINI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING ROLI
21-asrda tezkor globallashuv ko‘p tilli muloqotga bo‘lgan talabni nihoyatda oshirdi va chet tillari hamda tarjima amaliyoti shu nuqtai nazardan muhim ahamiyat kasb etdi. Ushbu maqolada chet tillarini o‘qitishga va tarjima amaliyotiga raqamli texnologiyalar va innovatsion usullarni integratsiya qilishning ahamiyati yoritilgan. Unda kompyuter yordamida tarjima vositalari, mashina tarjimasi va kolloborativ platformalar kabi an’anaviy metodologiyalarni samarali o‘quv jarayonlariga qanday tatbiq qilish haqida fikr yuritiladi. Bundan tashqari, bunday ilgor vositalarni qo‘llash til mutaxassisiga samaradorligini oshirish, aniqroq bo‘lish va o‘quv jarayonini qiziqarli qilish imkonini beradi. Maqolada, shuningdek, nazariy bilimlarni amaliy qo‘llanmalarga integratsiya qilish orqali talabalarning ko‘nikmalarini zamonaviy tarjima va lingvistik muloqot ko‘nikmalariga moslashishini yaxshilash yuzasidan ko‘nikmalar berilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, raqamli texnologiyalarni integratsiya qilish nafaqat til kompetensiyalarini yaxshilaydi, balki talabalarning yangi global o‘zgarishlarga javob berishga tayyorligini ham oshiradi.
TARJIMON TAYYORLASHDA KASBIY KOMPETENTSIYALARNI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISHNING METODIK ASOSLARI
Globalizatsiya davrida tarjimonning kasbiy kompetentsiyasini rivojlantirishga bo'lgan ehtiyoj kuchaygan. Lingvistik va ekstralingvistik kompetentsiyalarni birlashtirish orqali tarjimonlar orginal va tarjima tillarda yuqori darajaga erishishlari mumkin. Bu xalqaro standartlar, madaniy xususiyatlar, texnologik yutuqlar va innovatsion g'oyalarni chuqur o'rganishni talab qiladi. Jahon amaliyotida tarjimonning kasbiy kompetentsiyasini shakllantirishga integral yondashuv zarur, bu texnik malakalar, til mahorati, terminologiya, baholash tizimlari, madaniyatlararo muloqot va xatolarni tuzatishga qaratilgan mashqlarni o'z ichiga oladi. Tarjimon tayyorlovchi muassasalarning o'quv dasturlari lingvistik, sotsiolingvistik, pragmatik va madaniyatlararo muloqot kompetentsiyalarini shakllantirishga yo'naltirilishi kerak. Bu malakali tarjimonlar tayyorlash va tarjima amaliyotini kengaytirishga yordam beradi. Tarjimonlarning kasbiy kompetentsiyasi nafaqat til bilimi, balki madaniy xabardorlik, xalqaro munosabatlar va texnologik rivojlanishni chuqur tushunishni talab qiladi.
Stream of Consciousness in Arabic and English Literature
A comparative analysis of stream of consciousness techniques in the works of James Joyce and Jabra Ibrahim Jabra.