KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

“KOMPARATIVISTIKA” (Comparative Studies) ilmiy elektron jurnali —

filologiya sohasi xodimlari uchun moʻljallangan jurnal boʻlib, Oʻzbekiston

Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy

kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2024- yil 18- aprelda 258331-son bilan

davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.

“KOMPARATIVISTIKA” (Comparative Studies) ilmiy jurnali Oʻzbekiston

davlat jahon tillari universitetida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2023-

2025-yil bajarilishi moʻljallangan IL-27-4722022413-sonli “Qiyosiy

adabiyotshunoslik” fanining “Komparativistika” elektron platformasini yaratish

mavzusidagi innovatsion loyihasi doirasida taʼsis etilgan.

Jurnal 2024-yildan buyon nashr etiladi.

Jurnalning maqsadi

Filologiya sohasi boʻyicha dolzarb va ilmiy jihatdan asoslangan ilmiy-amaliy

izlanishlar natijalarini chop etish va oʻquvchiga yetkazish hisoblanadi.

OAK Roʻyxati

“Komparativistika” (Comparative Studies) ilmiy jurnali OAK rayosatining

12.02.2025 dagi 365/7-son qarori bilan OAKning filologiya fanlari boʻyicha

dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan milliy nashrlar

roʻyxatiga qabul qilingan.

Nashrning tili

Jurnal va undagi maqolalar oʻzbek, rus va ingliz tillarida chop etiladi.

Jurnalning boʻlimlari

Nashrda asosan, 10.00.06- Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik,

tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha va filologiya fanlari boʻyicha qiyosiy

tadqiqotlarni chop etiladi.

Jurnalning foydalanish uchun ochiqligi

Jurnal nashr etilgan sonlari va undagi maqolalar foydalanish uchun ochiq va bepul.

Taqrizlash siyosati

Taqdim etilgan barcha qoʻlyozmalar muallifi koʻrsatilmagan holda tegishli sohaboʻyicha mutaxassisga taqrizlash uchun yuboriladi. Taqrizchi tomonidan nashrga

tavsiya etilgan va ijobiy taqrizlangan maqolalargina chop etiladi.

Antiplagiat tekshiruvi

Tahririyatga kelib tushgan barcha maqolalar maxsus antiplagiat dasturida tekshirib

chiqiladi va oʻzlashtirish darajasi 15-20 foizdan oshmasligi (originallik 80 foizni

tashkil etishi) lozim.

Nashrning davriyligi

Jurnal qoida tariqasida har uch oyda bir marotaba chop etiladi. Shuningdek,

tahririyat tavsiyasiga koʻra, jurnalning qoʻshimcha va maxsus sonlari ham chop

etilishi mumkin.

ISSN 3060-4559

Copyright Creative Commons

Muassis

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti hisoblanadi.

Tahririyat manzili

Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Kichik halqa yо‘li, G-9A-mavze, 21-a uy.

Rektorat binosi, 2-qavat.

Telegram kanal: https://t.me/Comparative_Studies

Telefon raqami (telegram): +998901189883

Elektron manzil: komparativistika_iel@mail.ru

Facebook: https://www.facebook.com/share/g/Mbfu14Cb44MNyb6o/