KOMPARATIVISTIKA

Comparative Studies

MAQOLANI TAQRIZDAN OʻTQAZISH

Ilmiy maqolani taqrizlash.

Tahririyatga kiruvchi qoʻlyozmalar ikkita alohida bir-biridan bexabar boʻlgan

taqrizchilar tomonidan https://etaqriz.uz/ platformasi orqali koʻrib chiqadi,

yaʼni taqrizchi qoʻlyozma mualliflari haqida maʼlumotga ega boʻlmaydi, qoʻlyozma

mualliflariga taqrizchilar haqida maʼlumot berilmaydi.

Maqolalarni koʻrib chiqish tahririyat hayʼati aʼzolari, shuningdek, taklif

etilgan taqrizchilar – tegishli fan sohasidagi yetakchi mutaxassislar tomonidan

amalga oshiriladi. Barcha maqolalar tegishli mavzu boʻyicha ilmiy darajaga ega

boʻlgan kamida ikkita mutaxassis tomonidan koʻrib chiqiladi. Taqrizchini tanlashda

muharrir yuqori darajada maqolaga taqriz tayyorlash uchun muallif va taqrizchi

oʻrtasida munosabatlarning yoʻqligiga asoslanadi.

Muallif maqolani koʻrib chiqish uchun yuborishda raqobatchi yoki hamkorlik

natijasida yuzaga kelgan manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelishi mumkin boʻlgan

shaxslar roʻyxatini koʻrsatishi mumkin. Tahririyat taqrizchilarni tanlashda ushbu

maʼlumotlarni hisobga oladi.

Taqrizchilar ularga yuborilgan qoʻlyozmalar mualliflarning mulki ekanligi va

oshkor etilishi mumkin boʻlmagan maʼlumotlarni oʻz ichiga olganligi toʻgʻrisida

xabardor qilinadi. Taqrizchilarga maqolalardan nusxa koʻchirishga ruxsat

berilmaydi.

Taqrizchi qoʻlyozmadagi maʼlumotlarning maxfiyligini kafolatlashi va bu

maʼlumotlardan hech qanday tarzda foydalanmasligi kerak. Taqdim etilgan

materiallarning ishonchsizligi yoki qalbakilashtirilganligi toʻgʻrisida bayonot

berilgan taqdirda uning maxfiyligini buzishlishiga yoʻl qoʻyiladi.

Koʻrib chiqish muddatlari bosh muharrir hamda masʼul kotib tomonidan

belgilanadi, u qoʻlyozmani topshirish va u boʻyicha qaror qabul qilish eng qisqa

vaqtda amalga oshiriladi. Koʻrib chiqishning maksimal muddati - 1 oy.

Taqrizda majburiy koʻrib chiqiladigan mezonlar:

- Originallik: maqolada nashrni asoslash uchun yetarli yangi va tegishli

maʼlumotlarning mavjudligi

- Foydalanilgan adabiyotlarning maqola mavzusiga mosligi va mavzuni

qamrab olishi tegishli adabiy manbalardan iqtiboslarning keltirilganligi

- Ilmiy gʻoya maqsadning mavjudligi: maqolaning zarurati tadqiqot

gipotezasi, mavjud ishlanmalar tahlili, maqsadi orqali natijalarni yetarlicha

asoslanishi. Ilmiy gʻoya, maqsad va vazifalar, tegishli nazariya va tajribaviy

tadqiqotlarning uygʻunligi.- Tajribaviy qism: tadqiqot obyekti (materiallar tavsifi), tajriba usullari,

sinov usullari aniq, tushunarli va yetarli tarzda bayon etilishi. Sinovlarni soha

standartlariga mos kelishi.

- Natijalar va ularning tahlili: natijalar jadvallar, rasmlar, grafiklar,

diagrammalar tarzida aniq taqdim etilishi ularning tоʼgʻri va adolatli tahlili. Natijalar

maqolaning boshqa qismlarini mos ravishda mantiqiy davomliligi.

Illyustratsiyalarning formati va sifati, natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati soha

rivojiga hissasi.

- Xulosa: xulosada maqolada erishilgan yutuq va kamchiliklarni adolatli

izohi. Tadqiqot maqsadi va vazifalarning bajarilishi. Tadqiqot natijalaridan

amaliyotda (iqtisodiy va tijorat maqsadida), taʼlimda, ilmiy tadqiqotlarda (bilimlar

majmuasiga hissa qoʻshishda) foydalanish boʻyicha tavsiyalar shakllantirilishi.

- Yozilish sifati: maqolaning pozitsiyasi aniq ifodalanishi, sohaning texnik

tiliga va jurnal oʻquvchilariga sodda tushuntirilishi, gapning tuzilishi, qisqartmalar

va boshqalar kabi ifodaning ravshanligi va оʼqilishiga eʼtibor qaratilishi.

Mutaxassisning yakuniy xulosasi quyidagicha boʻlishi mumkin:

• qabul qilish;

• kichik oʻzgarishlardan keyin qabul qilish;

• jiddiy qayta koʻrib chiqilgandan keyin qabul qilish;

• jiddiy qayta koʻrib chiqilgandan keyin qayta topshirish;

• rad qilish.

Agar taqrizchi maqolaga oʻzgartirish kiritishni taklif qilsa, bu tavsiyalar

muallifga yuboriladi. Taqrizchilarning fikriga qoʻshilmagan muallif tahririyat va

taqrizchilar oldida oʻz pozitsiyasini himoya qilishga haqli. Tahririyat qarori bilan

maqola boshqa taqrizchilarga qayta ekspertiza uchun yuborilishi mumkin.

Maqolani nashrga qabul qilishda tahririyat muallifga nashrning

rejalashtirilgan sanasi haqida xabar beradi.

Ijobiy natijaga ega maqolalarni chop etish toʻgʻrisidagi yakuniy qaror bosh

muharrir tomonidan qabul qilinadi.

Salbiy taqriz matni bilan asoslantirilgan rad etish muallifga elektron shaklda

yuboriladi.

Tahririyat maqolani chop etishga qabul qilish toʻgʻrisida qaror qabul

qilgandan soʻng, maqola muallifiga bu haqda xabar beriladi. Maqolani nashrga qabul

qilish toʻgʻrisidagi qaror taqriz matni bilan birga muallifga elektron shaklda

yuboriladi.